Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu noyob kutubxonadagi kitob javonlari ortida nima yashirin?
Yaxshi kitobni olib, o‘ringa qulay o‘rnashib olishdan yaxshisi yo‘qdek tuyuladi ba'zan. Yaponiyadagi noodatiy kutubxonalardan birida bu ikki sevimli mashg‘ulot uchun qulay imkoniyat yaratilgan.
Book and Bed (Kitob va karavot) - bu Tokioda 30 kishiga mo‘ljallangan kichik xostel. Bu yerga tashrif buyurganlar kitoblarga to‘la kutubxona javonlari ortida yashiringan kichik hujrachalarda dam olishlari mumkin.
Tungi uyqu uchun eng yaxshi joy deb bo‘lmaydi, albatta. Bu yerda qulay martraslar, momiq yostiqlar, yengil adyollar yo‘q.
Yotoqxona buning o‘rniga kitobsevarlarga o‘zgacha tajriba - kitob mutolaa qilib, dam olishni taklif qiladi.

Bunday yotoqxonaning bir kunlik narxi - 34 dollar atrofida. Har bir nomerda oddiy matras va mutolaa uchun chiroq bor. Shuningdek bepul Wi-Fi ham taqdim etiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kutubxonadagi kitoblar soni - 3000 taga yaqin.

Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:45 / 10.06.2026
Jahon shaharlari reytingi: aholi uchun eng ko‘p kutubxona qayerda?
20:36 / 06.06.2026