Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng katta radioteleskop sayyohlar uchun ochildi
Xitoyning Guychjou viloyatidagi tog‘li hududda joylashgan dunyodagi eng katta radioteleskop FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) sayyohlar bepul tashrif buyurishi uchun ochildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
FAST 2016 yil sentabrda ishga tushirilgandi.
Ma'lum qilinishicha, teleskop normal ishlashi uchun undan 5 km lik radiusda "jimlik hududi" joriy qilingan bo‘lib, bu yerda mobil telekommunikatsiya qurilmalarining barcha signallari bloklanadi. Shu sababli tomosha maydonchasiga kirishdan oldin sayyohlar mobil telefonlari, raqamli fotoapparatlari, smart-bilakuzuklari va boshqa elektron qurilmalarni topshirishlari kerak.

Teleskopning tashrif buyurish hududida bir nechta telefon budkasi o‘rnatilgan bo‘lib, sayyohlar ulardan Xitoy ichida bepul qo‘ng‘iroq amalga oshirishlari mumkin.
Teleskopni ko‘rgani har kuni 2 ming kishigina kela oladi. Ma'lum qilinishicha, bu hududda yagona pullik xizmat maxsus shattlda safar qilish va astronomiya muzeyiga tashrif buyurish hisoblanadi. Sayyohlar avtobusga 50 yuan (7 dollar) va muzeyga kirish uchun ham shuncha pul to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Ulkan radioteleskop qurish g‘oyasi xitoylik mutaxassislar tomonidan 1994 yil bildirilgan. Maydoni 30 ta futbol maydoniga, perimetri 1,6 km ga, diametri 500 metrga teng bo‘lgan teleskopning qurilishi 2011 yil mart oyida boshlangan. Teleskop tog‘da joylashgan. Teleskopga qilingan sarmoya qiymati 1,2 mlrd yuanga (180 mln dollar) baholangan.


Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026