Jahon | 16:39 / 13.03.2017
2724
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Suriya bo‘yicha navbatdagi muzokaralar davrasi o‘tkaziladi

Foto: RIA "Novosti"

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Suriya inqirozini hal etishga bag‘ishlangan muzokaralar uchun barcha tashkiliy masalalar hal qilingan. U rejalashtirilganidek 14-15 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat  Abdraxmanov ma'lum qildi.

"Bo‘lg‘usi Ostona uchrashuvining tashkiliy masalalar bilan bog‘liq barcha jihatlari hal etilgan. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakldagi uchrashuvlar 14 mart kuni bo‘lib o‘tadi, 15 martda plenar kengash tashkil etiladi", — degan vazir. 

Ushbu muzokaralarning ikkinchi bosqichi doirasida Rossiya, Eron va Turkiya ishtirokida Suriyadagi sulh bo‘yicha monitoring guruhini tashkil etish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid