Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya va Yaponiya hamkorlikda maxsus iqtisodiy hudud barpo etadi
Yaponiya Saudiya Arabistonida maxsus iqtisodiy hudud tashkil etishda yordam beradi. Unda ikki mamlakat hamkorligida 30dan ortiq loyiha amalga oshiriladi. 13 mart kuni ikki mamlakat yetakchilari shunday kelishuvga erishishdi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Saudiya Arabistonining Tokioda bo‘lib turgan podshohi Salmon bin Abdul Aziz As Saud muzokaralar o‘tkazgan.
Xabarlarga ko‘ra, joriy kelishuv Saudiya Arabistoni iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga qaratilgan. Bu bilan podshohlik mamlakatning neftga bog‘liqligini pasaytirmoqchi. Hamkorlik loyihalarida davlat va xususiy kompaniyalar ishtiroki ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, Zizi agentligi Yaponiya Saudiya Arabistoniga infratuzilmalar, tibbiyot, turizm hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda yordam berishi haqida xabar qilgan edi.
So‘nggi vaqtlarda, jahon nef narxi pasayishi natijasida, Saudiya Arabistonining moliyaviy imkoniyatlari chegaralanib qoldi. 2016 yil bahorida mamlakat hukumati iqtisodiyotni isloh qilish dasturini ishlab chiqdi.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
07:09 / 02.06.2026