Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Timoshenko Ukraina qo‘g‘irchoq hukumat orqali tashqaridan boshqarilishini aytdi
Ukraina oliy radasidagi "Batkivshchiny" fraksiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Ukraina tashqaridan boshqarilishini aytdi. U bu haqda 13 mart kuni "112 Ukraina" telekanali namoyish qilgan matbuot-anjumanda aytib o‘tdi.
"Ukrainada tashqi boshqaruv kiritilgan. Tashqi boshqaruv Ukrainadagi qo‘g‘irchoq hukumat: prezident, bosh vazir, milliy bank rahbari va parlamentdagi boshqariluvchi ko‘pchilik orqali amalga oshiriladi", deb aytdi Timoshenko. Biroq siyosatchi Kiyev siyosatiga kim bunday ta'sir qilishi haqida tushuntirish bermagan.
Timoshenko Ukrainadagi joriy vaziyat "mamlakatning to‘liq iqtisodiy mustamlakalashtirilishiga" olib kelishini ta'kidlab o‘tdi.
Timoshenko fevralda Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanni "har bir ukrainalikka isnod bo‘lgan megakorrupsiyada" ayblagandi.
Mavzuga oid
16:35
Mayamidagi muzokaralarga ham Ukraina, ham Rossiya delegatsiyalari keladi
16:20
Seversk qulash yoqasida: bu Slovyansk va Kramatorskka qanday xavf tug‘diradi?
15:51
Zelenskiy: YeI va AQSh bosimi bo‘lmasa, Putin muloqotga bormaydi
13:19