Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya parlamenti birinchi turda prezidentni saylay olmadi
Vengriya parlamenti ovoz berishlarning birinchi turida mamlakat prezidentini saylay olmadi. Bu haqda parlament rahbari Laslo Kyoverga asoslangan holda Reyter agentligi xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, nomzodlardan hech biri zarur ovozlarni (umumiy ovozlarning uchdan ikki qismi) qo‘lga kirita olmagan va endi ikkinchi tur o‘tkaziladi.
Amaldagi prezident, 2012 yildan buyon davlatni boshqarayotgan Yanosh Ader birinchi turda 175 ovozdan 131tasiga ega chiqqan. Unga ovozlarning uchdan ikki qismiga ega bo‘lish uchun atigi 2ta ovoz yetishmadi. Muxoliflar nomzodi Laslo Mayteni hamda bosh vazir Viktor Orban esa jami 44ta ovozga ega bo‘lgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Vengriya prezidentligi uchun saylovning ikkinchi turida boshqa nomzodlardan ko‘proq ovoz yiqqan nomzod g‘olib bo‘ladi. Aderning saylanishi deyarli aniq bo‘lgan, u hukumat rahbari Viktor Orbanning tarafdori hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026