Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti ijrochi hokimiyatni qayta tashkillashtirish haqidagi farmonni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp 13 mart kuni federal ijrochi hokimiyat ishi samaradorligini oshirish maqsadida uni qayta tashkillashtirish haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.
"Biz tarixdagi eng buyuk vazirlar mahkamasidan birini yig‘dik, mening bunga ishonchim komil. Biz bu mahkamani uning idoralariga imkoni boricha kuchli va samarador bo‘lishga imkon beruvchi vakolatlar bermoqchimiz va buni qanday qilishni bilamiz", deb aytgan Tramp "Ijrochi hokimiyatni qayta tashkillashtirishning kompleks rejasi" deb nomlangan farmonni imzolash vaqtida. Uning fikricha, ayni vaqtda "vazifalarning takrorlanishi va xodimlarning me'yoridan ko‘pligi" muammosi mavjud bo‘lib, buning oqibatida "milliardlab pullar havoga sovurilmoqda".
"Bu farmon har bir ijrochi hokimiyat va idorani qayerda mablag‘lar suiste'mol qilinayotgani, qayerda xizmatlar yaxshilanishi mumkinligi va haqiqatan ham ularning dasturlari Amerika fuqarolariga xizmat qilayotganini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilishni talab qiladi", deb aytdi Tramp. Uning ta'kidlashicha, "ushbu tahlil asosida federal hukumat ishini yaxshilash, uni qayta tashkillashtirish, ortiqcha idoralarni birlashtirish va yo‘q qilish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqiladi".
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026