Jahon | 12:40 / 14.03.2017
7821
3 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada Erdo‘g‘anni tashviqot qonunini buzishda ayblashdi

Turkiya va Niderlandiya o‘rtasidagi mojaro shuni ko‘rsatadiki, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 16 aprel kuni o‘tkaziladigan mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendumda yutqazishini bilganini bildiradi. Shuning uchun u o‘ziga dushman axtarib, jamiyatni o‘z manfaati atrofida birlashtirishni istamoqda. Bu haqda Gretsiyadagi militaire.gr sayti xabar yozgan.

Xabarda qayd etilishicha, Erdo‘g‘an bu harakatlari bilan xorijda saylovoldi tashviqoti o‘tkazishga taqiq bo‘yicha qonunlarni buzmoqda.

"Erdo‘g‘an ilojsiz qoldi, u referendum arafasida yaqqol mag‘lubiyatini his qildi va xalqni o‘z manfaati yo‘lida birlashtirish uchun tashqi dushman qidirdi. Referendumda "ha" javobi berilsa, mutlaq hokimiyatga erishadi va uning vakolatlari sultonlarnikidan ham ko‘p bo‘ladi", — deyilgan "Qonun Erdo‘g‘anga xorijda tashviqot o‘tkazishni taqiqlaydi. Nega u qichqirmoqda?" nomli maqolada.

Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar Turkiyada boshqaruvning parlamentdan prezidentlik shakliga o‘tkazilishini nazarda tutadi. Bu mamlakat prezidentiga favqulodda holat e'lon qilish, vazirlar va yuqori martabali mansabdorlarni tayinlash, shuningdek, parlamentni tarqatib yuborish imkoniyatini beradi.

"U har kuni Gretsiyaga ig‘vo qilish bilan shug‘ullanadi, ammo bu turkni o‘tkazishmadi.

Endi u bu ishini Germaniya, Avstriya va Niderlandiyaga qarshi olib bormoqda. Bu davlatlar o‘z hududida unga tashviqot ishlari o‘tkazishga ruxsat bermadi. U bu harakati orqali o‘zi joriy etgan qonunlarni qo‘pol ravishda buzmoqda", deyilgan maqolada.

Xorijda istiqomat qiluvchi turklar ilk marta 2014 yili Yevropa mamlakatlaridagi konsulxonalarda prezidentlik saylovlarida qatnashgandi. Ular keyinroq 2015 yili ham konsulxonalarda parlament saylovlarida ovoz berishdi.

"Erdo‘g‘an hali bosh vazir ekanida Milliy kengashga 298 raqamli qonun loyihasini taqdim etgandi (2008 yilning 22 yanvarida - tahr). Unda saylovlarni o‘tkazish tartibini o‘zgartirish va saylovchilar ro‘yxatini tuzish taklif etilgandi. Qonunning 94 moddasiga ko‘ra xorijda tashviqot o‘tkazishni taqiqlash nazarda tutilgandi", deya yozilgan nashrda.

Turkiya va Niderlandiya o‘rtasidagi diplomatik mojaro niderlandlar turklar delegatsiyasi samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermagach yuzaga keldi. TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Niderlandiyaning Rotterdam shahrida turk jamiyati qarshisida konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar haqida nutq qilmoqchi edi. Niderlandiya hukumati esa xavfsizlik nuqtai nazaridan uning mamlakatga kirishini taqiqladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid