Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonga pul jo‘natmalari hajmi qariyb 30 million dollarga kamaydi
2017 yilning yanvar oyi yakuniga ko‘ra Qirg‘izistonga pul jo‘natmalari miqdori 27,1 million dollarga kamaydi. Mamlakat milliy banki shunday ma'lumotlarni keltirdi.
Ta'kidlanishicha, Qirg‘izistonga yilning ilk oyi yakuni bo‘yicha 121,4 mln. dollar o‘tkazilgan. 2016 yilning dekabrida esa bu summa biroz ko‘proq edi - 156,7 mln. dollar. Shu bilan birga, jo‘natmalarning katta qismi Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi – 117,9 mln. dollar.
Qirg‘izistondan esa 23,8 mln. dollarlik pul jo‘natmalari yuborilgan. Bu 2016 yilning dekabri bilan taqqoslaganda 8,1 mln. dollarga kamroq. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, o‘tkazmalarning katta qismi – 23,5 mln. dollar – Rossiyaga yuborilgan.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026