Jahon | 11:48 / 14.03.2017
7723
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonadagi uchrashuvda qaysi masalalar muhokama etilishi haqida ma'lumot berildi

Foto: AFP

Suriya masalasini tartibga solish bo‘yicha yangi uchrashuv Ostonada 14—15 mart kunlari o‘tkazilmoqda. Ayni vaqtda Qozog‘iston poytaxtiga Turkiya, Eron va AQSh delegatsiyalari yetib kelgan.

"Turkiya va Eron Tashqi ishlar vazirliklarining delegatsiyalari keldi, Rossiya Federatsiyasi prezidenti maxsus vakili va Rossiya TIVning maxsus vakili ham shu yerda", deya ma'lumot bergan Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdraxmanov.

Qozog‘iston TIV matbuot xizmati rahbari Anuar Jaynakovning ma'lum qilishicha, AQSh nomidan muzokaralarda elchi Jorj Krol hamda Vashingtondan kelgan vakillar ishtirok etadi. Shuningdek, Iordaniyadan vakillar kelishgan.

Uchrashuvning birinchi kuni dastlabki maslahatlashuvlar, ikkinchi kuni esa yalpi majlis o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kayrat Abdraxmanovning ma'lum qilishicha, Ostonadagi uchrashuvda asirlarni almashish bo‘yicha ishchi guruh tuzish masalasi muhokama etiladi.

"Kafolatlovchi davlatlar ma'lumotiga ko‘ra, muhokama qilinadigan masalalar qatorida harbiy asrlarni almashish bo‘yicha ishchi guruh tuzish masalasi ham bor. Shuningdek, gumanitar obektlarni minalardan xoli qilish va boshqa harbiy masalalar muhokama etiladi", degan u.

Eslatib o‘tamiz, Suriya masalasi bo‘yicha avvalgi muzokaralar 23 yanvar kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid