Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Eng xavfli aeroportlardan birida laynerning qiyinchilik bilan qo‘nishi
Kanadaning WestJet aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737 samolyoti ikkinchi urinishdan so‘ng Malika Yuliana aeroportida qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. Karib dengizidagi Sen-Marten orolida yuz bergan hodisa videosi YouTube’dagi ATCpilot kanalida taqdim etildi.
Layner Maxo sohilbo‘yida – dam oluvchilarga juda yaqin masofada uchib o‘tgan, so‘ngra ikkinchi bora qo‘nishga harakat qilgan. Samolyot 45 daqiqadan so‘ng muvaffaqiyatli ravishda yerga qo‘ndi.
The Telegraph gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, havo kemasi bortida 189 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, Niderlandiyaga qarashli bo‘lgan Malika Yuliana dunyodagi eng xavfli aeroportlardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:14 / 12.01.2026
Oslo aeroporti dron sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini vaqtincha yopdi
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
09:31 / 08.01.2026
Noqulay ob-havo sabab qator aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
10:03 / 07.01.2026