Jahon | 12:51 / 15.03.2017
4947
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonadagi muzokaralar yana 1 kunga cho‘zildi

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning uchinchi raundi 16 mart kuni ham davom etadi. Qozog‘iston TIVning Osiyo va Afrika bo‘yicha departamenti direktori Aydarbek Tumatovning ma'lum qilishicha, bunga muzokaralarga Suriya muxolifati vakillari ham yetib kelishi kutilayotgani sabab bo‘ldi.

Tumatov RIA Novosti agentligiga bergan xabarida Suriyadan 7 kishidan iborat delegatsiya tashrif buyurishi haqida aytgan. Ular Shimoliy va Janubiy frontlar vakillari hisoblanishadi.

Bundan oldinroq Suriya delegatsiyasi vakili Bashar Jafariy terrorchilarning va muxolif kuchlarning pozitsiyalarini belgilash muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘lishi kerakligi haqida gapirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid