O‘zbekiston | 15:00 / 15.03.2017
28880
2 daqiqa o‘qiladi

"O‘zstandart" - Bozorlarni Xitoyning sifatsiz mahsulotlari bosgan 

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida “O‘zstandart” agentligi oldiga ichki iste'mol bozorlarimizni himoyalashni yanada kuchaytirish hamda sifatsiz import mahsulotlarni savdoga chiqarishini oldini olish vazifasi yuklatilgan edi, deb xabar qiladi “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati.

Xabar qilinishicha, mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida agentlikning hududiy boshqarma va markazlari tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Prezident topshirig‘iga asosan “O‘zstandart” agentligi, respublikaning yirik bozorlari va savdo shoxobchalarida sotilayotgan mahsulotlarni sertifikati va sifati tasdiqlangan holda sotilayotganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdi.

“Mamlakatimizning turli hududlaridagi 41 ta bozor va savdo shoxobchalarida sotilayotgan mahsulotlarning 34 turdagi 2779 ta mahsulotlardan 2013tasi, ya'ni 72,4 foizi sertifikatsiz, sifati kafolatlanmagan holda iste'molchilarga sotilayotgan holati aniqlandi”, - deyiladi agentlik xabarida.

Ushbu mahsulotlarning aksariyati Xitoy davlatida ishlab chiqarilganligi ma'lum bo‘ldi.

“Hurmatli iste'molchilar! Biror bir mahsulotni xarid qilayotganda albatta sertifikatini so‘rashni unutmang”, - deyilgan agentlik xabarida.

Mavzuga oid