Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voleybolchi uzun oyoqlari sababli samolyotdan tushirib yuborildi
Rossiyaning "Fakel" voleybol klubining 20 yoshli hujumchisi Aleksandr Kimerov bilan Samaradan Moskvaga parvoz oldidan noxush voqea yuz berdi. Klub voleybol bo‘yicha Rossiya chempionatining navbatdagi o‘yinini o‘tkazib ortiga qaytayotgan bo‘lgan.
"Fakel" 11 mart kuni Novokuybishevskda "Nova" klubi bilan uchrashib, uni 0:3 hisobida mag‘lub etgan va 12 mart kuni Samaradan Moskvaga uchishi kerak bo‘lgan. Klub va murabbiylik shtabi samolyotda o‘z joylarini egallaganlarida, 213 santimetrlik bo‘yga ega Kimerov va styuardessa o‘rtasida kichik nizo chiqqan.
Kimerov uning oyoqlari oldidagi o‘rindiqqa taqalib qolgani sababli uni boshqa joyga o‘tkazishni iltimos qilgan. Voleybolchiga bunday joylarning puli oldindan to‘lanishi kerakligi aytilgan. Kimerov boshqa yo‘lovchi bilan joy almashtirishga kelishib olganiga qaramasdan, styuardessa "oyoq tirab olib", voleybolchiga joyini o‘zgartirishga ruxsat bermagan.
Shunday keyin Kimerov oyog‘ini o‘rindiqlar orasidagi yo‘lakka chiqarib olgan va shu tariqa xavfsizlik qoidalarini buzgan. Reys bu bahs sababli 40 daqiqa ushlanib qolgan va oxir-oqibat aeroport xodimlari chaqirtirilib, voleybolchi samolyotdan tushirib yuborilgan.
Voleybolchi Moskvaga keyingi reys bilan yetib olgan.
Ta'kidlanishicha, Kimerov Rossiyaning eng iste'dodli yosh voleybolchilardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:29 / 06.11.2025
AQShda UPS samolyoti halokati qurbonlari soni 12 nafarga yetdi
19:03 / 29.10.2025
NASA shovqinsiz va tovushdan tez uchuvchi samolyotining ilk sinov parvozini o‘tkazdi
07:42 / 14.10.2025
Osmondagi elektr inqilobi: aviatsiyani barqaror kelajak sari yetaklovchi 10 ta apparat
07:36 / 11.10.2025