Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy sudanlik jangarilar Efiopiyaga bostirib kirdi
Janubiy Sudandan bo‘lgan jangarilar chegarani buzib o‘tib, Efiopiya hududiga bostirib kirdi va 28 kishini o‘ldirib, 43 nafar yosh bolani o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Reuters agentligi Efiopiya hukumatidagi manbaga asoslanib xabar bergan.
"Murle guruhi (Janubiy Sudan va Efiopiyada yashovchi xalq — tahr.) hujum uyushtirdi. Ular o‘zlari bilan 43 bolani olib ketishgan. Efiopiya hukumati harbiylari ta'qib qilmoqda. Jinoyatchilar hali Janubiy Sudanga qaytib ketmadi", — deya ma'lumot bergan mahalliy hukumat vakili Chol Cheni.
Janubiy Sudan 2011 yilda Sudandan ajralib chiqqandi, 2013 yildan buyon mamlakatda fuqarolar urushi davom etmoqda. 2 milliondan ortiq kishi o‘z turar joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. 2015 yilning avgustida tomonlar sulh tuzgan, ammo yarim yil o‘tib, to‘qnashuvlar yana boshlandi.
Mavzuga oid
14:52 / 08.12.2025
Sudanda bog‘chaga hujumdan so‘ng o‘nlab bolalar halok bo‘ldi
22:47 / 10.11.2025
Ikki general urushi: «jahannamga aylangan» davlat haqida
16:04 / 04.11.2025
Sudan inqirozi: Misr, BAA, Saudiya va Rossiya manfaati to‘qnashyaptimi?
16:32 / 31.10.2025