Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorsuda maktab o‘quvchisini tunamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
2017 yil 12 mart kuni Namangan viloyatining Namangan shahrida joylashgan Chorsu bozori hududida 2000 yilda tug‘ilgan akademik litsey o‘quvchisiga nisbatan noma'lum shaxs kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan yonida bo‘lgan 740.000 so‘m puli va Alcatel PH13 rusumli qo‘l telefonini tortib olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kun.uz’ga xabar qildi.
Mazkur jinoyatni fosh etish bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, jinoyatni Namangan shahar S.Adashev ko‘chasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan A.T. (ismi shariflari o‘zgartirilgan) sodir etgani aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
11:38 / 27.01.2026
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
11:10 / 16.01.2026