Jahon | 10:15 / 16.03.2017
3338
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh adliya vazirligi Trampning migratsiya farmonini himoya qiladi

AQSh adliya vazirligi Havayi shtati federal sudining Tramp migratsiya farmoni ijrosini to‘xtatishga doir qaroridan «umuman norozi» ekani haqida bayonot berdi.  Adliya vazirligi farmonni «sudlarda himoya qiladi». Bu haqda The Guardian nashri xabar qilmoqda.

Bayonotda aytilishicha, sud qarori «to‘liq mazmunga ega emas».

«Prezidentning hukumat ko‘rsatmalari uning mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qonuniy vakolatlari doirasiga kiradi. Vazirlik bu farmonni sudlarda himoya qilishni davom ettiradi», — deyiladi bayonotda. 

Avvalroq, Tramp sud qarorini «vakolatlaridan tashqari chiqarilgan», - deb baholagan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid