Yamanda 17 mln kishiga ocharchilik xavf solmoqda
Yaman aholisining deyarli uchdan ikki qismi ocharchilikni boshdan kechirmoqda va shoshilinch yordamga muhtojdir. Mamlakatning 17 mln fuqarosiga o‘tkir oziq-ovqat tanqisligi xavf solmoqda, deyilmoqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, YUNISEF va Jahon oziq-ovqat tashkilotining qo‘shma bayonotida.
Yamanda hukumat va isyonchilar o‘rtasidagi ixtilof 2014 yildan beri davom etib kelmoqda.
"17 mln odam oziq-ovqat xavfsizligining "favqulodda" yoki "inqirozli" bosqichida ekanligini hisobga olib, Yaman ayni vaqtda dunyoda ocharchilikning eng katta o‘choqlaridan biriga aylangan, bu yerda 2016 yil iyunidan och qolayotganlar miqdori 21 foizga oshgan", deyildi xabarda.
Xalqaro tashkilotlar ma'lumotlariga ko‘ra, Yaman aholisining chorak qismi yashaydigan Taiz va Al-Xudaydo viloyatlari qo‘shimcha gumanitar yordamsiz ocharchilik iskanjasiga tushishi mumkin. Qurolli ixtilof oziq-ovqat xavfsizligi va yashash uchun zarur vositalarga vayronakor ta'sir ko‘rsatmoqda.
"22 ta viloyatdan 20 tasi oziq-ovqat xavfsizligining "favqulodda" yoki "inqirozli" bosqichida turibdi va aholining uchdan ikki qismi ocharchilikni boshdan kechirmoqda va hayotlarni saqlab qolish uchun shoshilinch yordam hamda vositalarga muhtojlar", deyilgan bayonotda.
Mavzuga oid
12:37 / 27.07.2024
AQSh husiychilarning uchuvchisiz uchoqlari va dengiz dronlari yo‘q qilinganini bildirdi
08:30 / 21.07.2024
Isroil Yamanga zarba berdi, qurbonlar bor
23:45 / 03.05.2024
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
12:44 / 08.04.2024