Yaman aholisining deyarli uçdan ikki qismi oçarçilikni boşdan keçirmoqda va şoşilinç yordamga muhtojdir. Mamlakatning 17 mln fuqarosiga ötkir oziq-ovqat tanqisligi xavf solmoqda, deyilmoqda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti, YUNISEF va Jahon oziq-ovqat taşkilotining qöşma bayonotida.   

Yamanda hukumat va isyonçilar örtasidagi ixtilof 2014 yildan beri davom etib kelmoqda.

"17 mln odam oziq-ovqat xavfsizligining "favqulodda" yoki "inqirozli" bosqiçida ekanligini hisobga olib, Yaman ayni vaqtda dunyoda oçarçilikning eng katta öçoqlaridan biriga aylangan, bu yerda 2016 yil iyunidan oç qolayotganlar miqdori 21 foizga oşgan", deyildi xabarda. 

Xalqaro taşkilotlar ma'lumotlariga köra, Yaman aholisining çorak  qismi yaşaydigan Taiz va Al-Xudaydo viloyatlari qöşimça gumanitar yordamsiz oçarçilik iskanjasiga tuşişi mumkin. Qurolli ixtilof oziq-ovqat xavfsizligi va yaşaş uçun zarur vositalarga  vayronakor ta'sir körsatmoqda. 

"22 ta viloyatdan 20 tasi oziq-ovqat xavfsizligining "favqulodda" yoki "inqirozli" bosqiçida turibdi va aholining uçdan ikki qismi oçarçilikni boşdan keçirmoqda va hayotlarni saqlab qoliş uçun şoşilinç yordam hamda vositalarga muhtojlar", deyilgan bayonotda.