Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford qorong‘ida piyodalarni urib yuborishdan saqlovchi tizim yaratdi
Ford avtomobilsozlik kompaniyasi qorong‘ida piyodalarni aniqlab, ular oldida mashinani avtomatik tarzda to‘xtatuvchi tizim yaratdi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yevropalik haydovchilarning 80 foizidan ko‘prog‘i kunning qorong‘i vaqtida mashina boshqarishda qo‘rquv va o‘zlariga ishonchsizlik sezadilar. So‘ralganlarning yarmidan ko‘pi bunday vaqtda yo‘lni va atrofdagi vaziyatni yomon ko‘rishlaridan asabiylashishlarini, uchdan biridan ko‘prog‘i esa yo‘l-transport hodisasiga tushishlaridan qo‘rqishlarini aytishgan. Bu xavotirlar asossiz emas, chunki aksariyat yo‘l-transport hodisalari qorong‘i vaqtda yuz berar ekan.
Ford yaratgan tizim mashinaning old bamperida o‘rnatilgan radar va peshoynaga o‘rnatilgan kameraga tayanadi. "Piyodalar qiyofalari" kiritilgan ma'lumotlar bazasi tizimga odamlarni daraxtlar va yo‘l belgilari kabi obektlardan farqlashga imkon beradi.
Kamera bir soniyada 30 dan ko‘proq surat oladi va keng ko‘rish burchagini ta'minlaydi. Hosil qilingan videoqator real vaqtda tahlil qilinadi. Natijada tizim piyodalarni tungi vaqtda hattoki yoritilganlik past darajada bo‘lgan va avtomobil faralari yorug‘ligida ham aniqlashi mumkin.
asdfqa1.jpg)
Tizim agar piyoda bilan to‘qnashuv muqarrar ekanligini anglasa, u dastlab haydovchiga tovushli signal va vizual ogohlantirish beradi. Agar haydovchi bunga javob bermasa, unda tizim mashinani avtomatik tarzda to‘xtatadi.
Joriy yilda ushbu tizim keyingi avloddagi Ford Fiesta avtomobilida taqdim qilinadi.
Mavzuga oid
22:35 / 11.08.2025
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi
21:35 / 18.11.2024
Ford xavfsizlik kamarlaridagi muammo sabab 112 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi
22:45 / 28.02.2023