Sport | 10:42 / 16.03.2017
6382
1 daqiqa o‘qiladi

Lionel Messi Suriyadagi urushlarni tugatish uchun birdamlikka chaqirdi

«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Suriyadagi urushda qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdard ekanini bildirdi. Shuningdek, u bu yerdagi odamlarni birdamlikka chorladi.

«Bir kunlik urush – bu juda ko‘p, suriyalik bolalar esa olti yildirki bu kabi zo‘ravonlik, urushning qaqshatqich zarbalariga duch kelishmoqda. Ham ota, YUNISEF elchisi sifatida bu mening qalbimni tirnab keladi. YUNISEFning urushni to‘xtatish bo‘yicha aksiyasida o‘z ovozingizni bering», — deb yozgan Messi Facebook‘dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, dekabrda «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu suriyalik bolalarga videomurojaat yo‘llagandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid