Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida 13 ta fohishaxona aniqlandi
2017 yilning 10 mart kunidan 16 mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolarni xavfsizligini ta'minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish, jinoyatlar sodir etilishini oldini olish va profilaktikasi borasida qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIB Kun.uz'ga ma'lum qilmoqda.
Jamoat joylarida, oila-turmush doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida, sudlar tomonidan jamoat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda sayyor sud majlislari o‘tkazildi.
Hafta davomida aniqlangan 207ta mayda bezorilik, 24ta yengil tan jarohati yetkazish kabi huqubuzarliklar aynan shunday sayyor sudlarda muhokama qilindi.
Fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste'mol qilinishini oldini olish maqsadida, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida:
13 ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari aniqlanib, Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya'ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 39 nafar, jamoat joylarida spirtli ichimlik iste'mol qilgan 624 nafar shaxslarga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi.
Mavzuga oid
14:20
5 tumanda 15 ta zamonaviy bekat majmuasi o‘rnatildi
14:52 / 06.03.2026
Elektr quvvatlantirish shoxobchalari xatlovi nima uchun o‘tkazilmoqda?
11:38 / 05.03.2026
Toshkentda har bir tumanda bittadan ekobog‘ barpo etiladi
10:33 / 18.02.2026