Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati Rossiyaning Leningrad viloyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Toshkent viloyati savdo-sanoat palatasi va Rossiyaning Leningrad viloyati savdo-sanoat palatasi hamkorlik haqidagi kelishuvni imzoladi.
Hujjat Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Leningrad viloyatiga tashrifi davomida imzolangan.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik munosabatlarni mustahkamlash maqsadida Toshkent viloyati va Leningrad viloyati kompaniyalari, korxonalari, tashkilotlari va tadbirkorlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishga ko‘mak ko‘rsatadilar.
Tomonlar iqtisodiy hamkorlik va savdo ayirboshlashuvini rivojlantirish uchun imkoniyatlarni kengaytirishga intiladilar. Shu sababli tomonlar bozorlarni o‘zaro o‘rganish bo‘yicha choralar ko‘radilar
Shuningdek, tomonlar savdo delegatsiyalari bilan ayirboshlashuvni qo‘llab-quvvatlashga va ikki davlat vakillari uchrashuvlarini tashkillashtirish masalalarida ko‘makni ta'minlashda yordam beradilar.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026