Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 mart O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, kunduzi yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:05 / 15.06.2026