Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘izistonga 41 million dollarlik texnik yordam ajratadi
Qozog‘iston Qirg‘izistonga Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Respublikalariga kirishi va laboratoriyalarni texnik vositalar bilan ta'minlash uchun 41 million AQSh dollari miqdorida yordam puli ajratadi. Bu haqida Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi xabar qildi.
Bugun Moskva shahrida Qirg‘iziston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi majlisida texnik yordam bayonnomalariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha bitim imzolandi. Hujjatga kiritilgan tuzatishlar yordam berish tartibini ancha soddalashtirdi. O‘zgarishlar texnik yordam hajmini 7,5 milliondan 41 million dollargacha oshirdi.
Avvalroq Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida Yevroosiyo integratsiyasi ostida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bitim 2016 yil 26 dekabrda imzolangandi. Qozog‘iston Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga kirishi uchun yo‘l xaritasi, texnik uskunalarni joylashtirish, bojxona infratuzilmasi, sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish kabi tadbirlarni bevosita moliyalashtiradi. Ko‘mak berish tartibi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026