O‘zbekiston | 11:07 / 17.03.2017
28332
2 daqiqa o‘qiladi

Svetoforning yashil chirog‘ida chorrahadan o‘tishga ulgurmaganlarga jarima yozilmaydi

Toshkent shahrining 115ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar 2017 yil 15 martidan qoidabuzarliklarni qayd etib, ular bo‘yicha jarimalar solish amaliyoti joriy qilindi. 16 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ushbu jarayonga doir ayrim masalalarga oydinlik kiritildi.

Xususan, kameralarda to‘xtash chiziqlari noaniq yoki yaxshi ko‘rinmaydigan joylardagi qoidabuzarliklar qayd etilganda, ularning ayrimlariga jarima yozilmaydi. Masalan, svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida chorrahani kesib o‘tgan yoki belgilangan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlangan transport vositalari egalariga jarima solinadi. Shu bilan birga, svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida to‘xtash chizig‘i oldida qoidaga muvofiq to‘xtab, ammo e'tiborsizlik bilan transport vositasini asta-sekinlik bilan harakatlantirib, to‘xtash chizig‘ini bosgan avtomobillar egalariga ham svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tganlik qoidabuzarligi bo‘yicha jarima solinadi. 

Biroq, svetoforning yashil chirog‘ida to‘xtash chizig‘ini bosgan, ammo taqiqlovchi chiroq yonib qolgani bois, chorrahani kesib o‘tish harakatini davom ettira olmagan haydovchilarga jarima solinmaydi. Bunda ular piyodalar o‘tish chizig‘ini bosgan yoki uning ustida to‘xtagan bo‘lsa, mazkur chiziqni oldinga harakatlanish bilan bo‘shatadi va svetoforning yashil chirog‘ini kutadi. Mazkur holat bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzilmaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid