Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosarlariga 47ta «Nexia-3» avtomobili topshirildi
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning shahar va tuman hokimliklarida jami 62 ta hokim o‘rinbosarlari lavozimi joriy etilgan, deb yozadi Kruz.uz nashri.
Jumladan, Xo‘jayli va Kegeyli tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, barcha shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari uchun 47 ta shtat birligi ajratilgan.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi maxsus Qarori asosida hokimlar o‘rinbosarlarini avtomashina bilan ta'minlash ishlari olib borilmoqda.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlari hokimlari o‘rinbosarlari uchun 47ta «Nexia-3» avtomashinasi ajratib berildi va bu hududiy boshqaruv organlari xodimlarining faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda”, - deyiladi nashr xabarida.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025