Jamiyat | 00:32 / 18.03.2017
12379
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada yangi avloddagi tramvaylar harakatlana boshladi

Foto: RIA

Moskva ko‘chalarida yangi avloddagi "Vityaz-M" tramvaylari paydo bo‘ldi. Tubi past tramvaylar Ostankinodan Medvedkovoga qatnamoqda. Hozircha Moskvada Rossiyada ishlab chiqarilgan bu tramvaylardan 13 tasi harakatlanmoqda. Bu tramvaylar keng eshiklar, yuqori qulaylik, shovqin izolyatsiyasi, klimat-kontrol, sun'iy yo‘ldosh navigatsiyasi va kuzatuv kameralariga ega. Tramvay yurishining ravonligi alohida tahsinga sazovor. 

Tramvayning telejkasi (yuruvchi qismi) yurishni nafaqat yo‘lovchilar uchun komfort qiladi, balki relslar uchun ham xavfsiz qiladi, chunki ular kamroq yeyiladi. Tramvaylarda turniketlar bo‘lmaydi, ya'ni yo‘lovchilar istalgan eshikdan chiqib-tushishlari mumkin bo‘ladi. Buning evaziga yo‘lovchilarni olish va tushirish tezligi besh martaga oshadi. Tramvay vagoni o‘z ichiga 260 nafargacha odamni sig‘dira oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid