O‘zbekiston | 16:20 / 20.03.2017
11539
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Muratbay Arepbayevich Jumanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat hukumat portalida xabar berildi.

Muratbay Jumanov avval Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan. 

Qoraqalpoq davlat universitetining amaliyotchi o‘qituvchisi, assistent o‘qituvchisi sifatida ish boshlagan Jumanov bugungi kungacha mazkur oliygohda dekan o‘rinbosari, kafedra mudiri, fakultet dekani, universitet rektori lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 

1970 yilda tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zosi. 4 nafar farzandning otasi. 

Mavzuga oid