Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 47 inson bosh suyagi topildi: bunga narkomafiya aloqadorligi aytilmoqda
Meksikaning Verakrus shtati prokuraturasi shtat hududidagi maxfiy ommaviy qabrdan yana 50ga yaqin inson bosh suyagini topdi, deb xabar qilmoqda Terra portali prokuror Xorxe Uinklerga asosan.
Avvalroq Kolinas-de-Santa-Fe ommaviy qabridan 250 insonning jasad qoldiqlari topilgani xabar qilingandi. Tibbiyot xodimlari ma'lumotiga ko‘ra, gap asosan 14-25 yoshdagi shaxslar haqida bormoqda. Ekspertlarning fikricha, ommaviy qabrdan yana ko‘plab jasad qoldiqlari topilishi mumkin.
Uinklerning ma'lum qilishicha, 47ta yangi bosh suyaklar Alvarado shahridagi 10 kilometr uzoqlikdagi sakkizta o‘radan topilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda jasad qoldiqlari kimga tegishli ekani aniqlangan. Ularning aksariyati 2016 yilda bedarak yo‘qolgan.
Ma'lumot uchun, Verakrusda 2010 yildan beri 720 kishi bedarak yo‘qolgan. Meksika ko‘rfazi sohilida joylashgan bu shtat “Los-Setas” va “Ko‘rfaz” yirik narkoguruhlar qarama-qarshiligi markaziga aylangan. Bu guruhlar AQShga giyohvand moddalar yetkazib berishni nazorat qilish uchun kurash olib boradi.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026