Jahon | 10:52 / 20.03.2017
6856
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada otishma, ko‘plab qurbonlar bor

Meksikaning Verakrus shtatidagi Koshkiui shahrida yuz bergan qurolli to‘qnashuv sakkiz kishi hayotiga zomin bo‘ldi, ularning besh nafari – politsiya xodimlari, deb xabar berdi shtat gubernatori Migel Anxel Yunes.

Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, politsiyachilar qurollangan shaxslar hujumiga uchragan, huquq-tartibot idorasi mashinalari yoqib yuborildi.

Halok bo‘lganlar orasida mahalliy hokimning kuyovi ham bor. Jinoyatchilar avvaliga uning uyiga bostirib kirgan hamda hokimni izlashgan, so‘ng uning kuyovini o‘ldirishgan hamda voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilarga qarata o‘q uzishdi.

Xabar qilinishicha, hodisa ro‘y bergan yerga federal politsiyaning o‘ndan oshiq mashinasi yetib kelgan, hujumga aloqador bo‘lgan qurollangan ikki shaxs qo‘lga olindi. Shtat prokuraturasi tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid