Shoygu yaponiyalik hamkasbi bilan uchrashdi. Qanday masalalar muhokama qilindi?
Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Rossiya va Yaponiyada umumiy xavfsizlik tahdidlari borligi hamda ularga qarshi faqatgina qo‘shma sa'y-harakatlar orqali kurashish kerak ekanini ma'lum qildi. U bu haqda yaponiyalik hamkasbi Tomomi Inado bilan ikki tomonlama uchrashuv davomida aytib o‘tgan.
«Rossiya hamda Yaponiyada umumiy xavfsizlik tahdidlari bor hamda ularga qarshi faqatgina bir-birini xabardor qilib muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin», - deya Shoyguning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya va Yaponiya hamkorligi «mudofaa sohasidagi ishonchni mustahkamlash hamda mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi».
Shuningdek Shoyguning xabar qilishicha, Inado bilan ikki davlat harbiy hamkorligi istiqbollari va terrorchilik tahdidiga javob qaytarish usullarini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024