Vitaliy Denisovning jarohati bo‘yicha oxirgi ma'lumot berildi
Moskvaning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi Yuriy Semin jamoa himoyachisi Vitaliy Denisovning holati haqida ma'lumot berib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod ushbu futbolchi Rossiya Premer-ligasining 20-turi doirasida «Spartak»ka qarshi o‘yin vaqtida jarohat olgandi.
«Denisovning holati yaxshi. U jiddiy jarohatdan qutilib qolgan. Katta ehtimol bilan u O‘zbekiston terma jamoasining birinchi o‘yinida ishtirok etmaydi. Ikkinchi bahsda esa maydonga tushishi mumkin. Umid qilamanki, Rossiya chempionatining keyingi turiga Vitaliy optimal formada bo‘ladi», — degan Syomin TASS nashriga bergan intervyusida.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu futbolchi O‘zbekiston terma jamoasiga Suriya va Qatar terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda yordam bera olmasligi aytilgandi.
Ayni vaqtda 30 yoshda bo‘lgan ushbu futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2006 yildan buyon o‘ynab keladi.
Mavzuga oid
17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?
22:04 / 08.06.2021
Vitaliy Denisov Rossiyada o‘ziga yangi klub topdi
17:20 / 07.10.2020
Oston O‘runov jarohat oldi
14:10 / 20.09.2020