Jahon | 00:09 / 21.03.2017
6706
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘doddagi navbatdagi portlash 23 kishining umriga zomin bo‘ldi

Bag‘dod janubida minalashtirilgan avtomobilning portlashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Portlash oqibatida yana 50 kishi jarohat olgan. Ma'lum qilinishicha, portlash savdo nuqtalari joylashgan ko‘chada sodir etilgan. 

Ayni vaqtda hech qaysi guruh terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.  

Mavzuga oid