Sport | 09:14 / 21.03.2017
7708
1 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Portugaliyada 2016 yil yakunlari bo‘yicha futbol mukofotlari sohiblari aniqlandi. Mamlakatning eng yaxshi o‘yinchisi deb Madridning «Real» klubi forvardi Krishtianu Ronaldu tan olindi. U 2015/16 yilgi mavsumda jamoasi bilan Chempionlar ligasida zafar quchdi, keyinchalik esa Portugaliya termasi safida Yevropa chempioniga aylandi.

Yil yangiligi yo‘nalishida yarim himoyachi Renatu Sanshesh tengsiz deb e'tirof etildi. U yozda «Benfika»dan Myunxenning «Bavariya»siga o‘tdi, xalqaro darajada esa termaga sovrinni yutib olishda yordam berdi.

Eng yaxshi murabbiy deb Yevro-2016da termani g‘alabaga olib kelgan Fernandu Santush tan olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid