Jamiyat | 17:37 / 21.03.2017
17998
2 daqiqa o‘qiladi

Tunda ochiq qoldirilgan deraza semizlik va diabetning oldini olishi aniqlandi

Tunda ochiq qoldirilgan va yotoqxonaga salqin havo kirituvchi deraza oynasi II turdagi diabet va semizlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Niderlandiyadagi Leydan universiteti tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlari BMJ Open Diabetes Research & Care jurnalida taqdim etildi

Olimlar AQShning 50 shtati, Guam oroli, Puerto-Riko va Virgin orollarida o‘rtacha harorat va diabet bo‘yicha ma'lumotlarni o‘rganib chiqishdi. Ma'lum bo‘lishicha, harorat ko‘tarilgani sari diabetga chalinganlar soni 0,314 taga ko‘paytgan. Shu tariqa, issiq uylar va idoralarda ko‘p vaqt o‘tkazish butun dunyo bo‘ylab bir yilda minglab semizlik va diabet holatlarini keltirib chiqarar ekan. 

Inson organizmida ikki turdagi yog‘ to‘planadi: kaloriyalar zaxirasidan o‘rin olgan oq yog‘ va qayta ishlanib energiyaga aylanuvchi hamda tanani isituvchi jigarrang yog‘. Atrofdagi harorat qanchalik yuqori bo‘lsa, tanani isitishga shuncha kam kaloriya sarflanadi, bu esa ortiqcha vazn to‘planishi va diabet rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Tananing sovushi metabolizmni tezlashtiradi. Shamollash esa soatiga 400 kaloriyagacha yo‘qotish imkonini beradi. 

Mavzuga oid