Jahon | 09:44 / 22.03.2017
4533
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Marsga parvoz moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasini imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp 21 mart kuni NASA koinot agentligining moliyalashtirilishi haqidagi qonun loyihasini imzoladi. Loyihada Marsga boshqariluvchi parvozni tayyorlashga mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

"Men uchun bu qonun loyihasini imzolash sharafdir. Bu hujjat NASA olimlari, muhandislari va fazogirlariga ularning kashfiyotlarga intilishlarida ko‘makni ta'minlaydi", deb yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.

NBC telekompaniyasining xabar berishicha, qonun loyihasi Marsga parvozni NASA’ning bosh maqsadi sifatida belgilaydi va koinot agentligiga parvozga tayyorlanish bo‘yicha dasturlarni o‘tkazishga vakolatlar beradi.

2016 yilning 1 oktabrida boshlangan 2017 moliyaviy yilda NASA’ga 19,5 mlrd dollar, 2018 yilda esa 19,1 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid