Jahon | 23:44 / 23.03.2017
4823
2 daqiqa o‘qiladi

Afrikadan Yevropaga kelayotgan migrantlar soni mislsiz darajada ko‘paymoqda

Foto: AP

Yevropa yaqin yillarda Afrika ommaviy migratsiyasiga duch kelishi mumkin. Italiya ichki ishlar vaziri Marko Minniti xabariga ko‘ra, 2017 yilning boshidan buyon mamlakatga kirib kelgan migrantlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 40 foizga oshgan. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi.

Yevropaliklarni esankiratib qo‘ygan natija rekord ko‘rsatkichni qayd etgan: 180 ming migrant. BMTning Liviyadagi missiyasi rahbari yordamchisi Paolo Serra yaqin vaqt ichida Italiyaga Liviya qirg‘oqlaridan yo‘nalayotganlar soni millionga yetishi mumkinligidan xavfsiramoqda. 

Frantsuz iqtisodchisi va siyosiy arbobi Jak Attali yaqin o‘n yillikda Yevropani ko‘p millionli Afrika migratsiyasi kutishiga ishonch bildirgan. Qora qit'a aholisining Yevroapga ko‘chishiga nafaqat ichki beqarorlik, balki sayyora miqyosidagi rekord darajadagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari ham sabab bo‘lmoqda, ular bu borada Yaqin Sharq mamlakatlaridan ancha oldinda. Le Figaro gazetasining yozishicha, 2060 yilga borib, fransuz tilida so‘zlashuvchilar soni 700 millionga, keyinchalik esa milliardga ham yetishi mumkin.

XX asrning ikkinchi yarmidagi kabi, iqtisodiy jihatdan noqobil qit'a qurolli mojarolardan larzaga kelmoqda. Ularning 15 tasi so‘nggi olti yilda boshlangan. O‘z fuqarolarini yo‘qotishdan qo‘rqmaydigan Afrika elitasi ulardan turli usullar bilan qutulishga tayyor. 

Yevropaning o‘zida - 5 million, Liviyada yana bir necha million afrikalik migrant yashaydi. Mamlakat bosh vaziri Faiz Saraj 2017 yilning martida rasmiy tashrif bilan Rimga keldi va bu yerda Tripoliga migrantlarni ta'minlash uchun 800 million yevrodan ziyod mablag‘ talab qilinishini aytdi.

2016 yil statistikasiga ko‘ra, Afrikadan Yevropaga o‘tuvchi migrantlar oqimi Suriya, Iroq va Afg‘onistondan kelayotgan migrantlar sonidan oshib ketgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid