Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Rex Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti Avstraliyaning Dabbo shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi. Samolyotning qo‘nishiga uning dvigatellaridan birining buzilib qolishi sabab bo‘ldi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Dabbodan Sidneyga uchayotgan samolyotda 26 yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj a'zolari va yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan.
Ushbu holat yuzasidan mamlakatning fuqarolik aviatsiyasidagi xavfsizlik boshqarmasi tergov boshlagan.
Xuddi shunday voqea shu kompaniyaning samolyoti bilan o‘tgan haftada ham sodir bo‘lgandi. Samolyot parvoz vaqtida parraklaridan birisiz qolgandan keyin shoshilinch qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026