Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya muhojirlik siyosatini kuchaytiradi
Daniya hukumati katta yoshli kishilar kuzatuvisiz mamlakatga kirib kelayotgan qochoq bolalarga gumanitar yordam ko‘rsatish va boshpana berishni bekor qilish bo‘yicha yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi, deb yozmoqda Daniyaning Politiken gazetasi.
Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, Daniya hukumati iqtisodiy inqiroz davrida qochqinlar uchun chegarani yopishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, qonunga muvofiq mazkur davlatda barcha, jumladan qochoq bolalar uchun boshpana berish to‘g‘risidagi hech qanday arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Daniya immigratsiya, integratsiya va uy-joy vazirligining xabar qilishicha, bugundan e'tiboran qonun loyihasi mamlakat parlamenti tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, 2016 yilda Daniyaga kattalar nazoratisiz kirib kelgan 1180dan ortiq qochoq bolalarga boshpana berilgan edi.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
21:26 / 14.02.2026
Daniya bosh vaziri Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi
17:08 / 02.02.2026