Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya terma jamoasi Angliyani mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasi Dordmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida Angliya terma jamoasini kichik hisobda mag‘lub etdi.
Bellashuvdagi yagona gol 69-daqiqada terma jamoa uchun o‘zining so‘nggi uchrashuvida maydonga tushgan Lukash Podolski tomonidan kiritildi. 31 yoshdi forvard jarima maydonchasi tashqarisidan turib darvozaning “to‘qqizligini” aniq nishonga oldi. Bundestim uchun 130 uchrashuvda 49ta gol urgan Podolski 84-daqiqada o‘zgartirildi hamda maydonni gulduros qarsaklar ostida tark etdi.
Germaniya – Angliya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 69 Podolski.
Germaniya – ter Stegen, Xummels, Ryudiger, Xektor, Vaygl (Jan, 66), Kimmix, Sane, Kroos, Brandt (Shyurrle, 59), Podolski (Rudi, 84), Verner (Myuller, 77).
Angliya – Xart, Keyxill, Smolling (Stounz, 84), Bertran (Shou, 83), Kin, Alli (Lingard, 71), Livermor (Uord-Prouz, 83), Lallana (Redmond, 66), Dayyer, Uoker, Vardi (Reshford, 70).
Mavzuga oid
23:02 / 11.07.2026
Angliya-Norvegiya bahsi boshlanish vaqti kechiktirilishi mumkin
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
11:05 / 07.07.2026