O‘zbekiston | 12:15 / 23.03.2017
9475
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyalari Toshkentdagi qator obektlar qurilishiga jalb etiladi

Toshkent shahar hokimligi Shanxay meriyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Hujjat 2017—2019 yillarda ikki shahar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning butun majmuini o‘z ichiga olgan. Bu haqda «Jahon» AA xabar berdi.

Munitsipalitetlar maxsus ishchi guruhni tuzdi, u kelishuv bandlari bajarilishini nazorat qilib boradi. Hujjat biznes va savdoni rivojlantirish, ta'lim, madaniyat, turizm hamda sport kabi sohalarni qamrab oladi.

O‘zbekiston vakillari Xitoyga tashrif doirasida shuningdek, Shanxayning shaharlashtirish, qurilish va kommunikatsiyalar bo‘yicha komissiyasi bosh kotibi Jin Chen bilan uchrashdi. Uchrashuvda me'moriy inshootlar qurish, kommunal sohani rivojlantirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama etildi.

Shanghai Construction va Shangtex kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralarda Xitoy kompaniyalarining Toshkent shahridagi qator obektlar qurilishidagi ishtiroki haqida boshlang‘ich kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid