Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqamish 2/4 mavzesidagi Bank kollejining ikki talabasi bir-birini pichoqlagan
Toshkent shahrida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida profilaktik choralar ko‘rilmoqda. Olmazor tumanidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi akademik litseyda o‘tkazilgan shunday tadbirda Kun.uz sayti muxbiri ham bevosita ishtirok etdi.
Tuman prokuraturasi va IIB vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘quvchilar bilan oshkora ruhda suhbat tashkil etildi. Ularga voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning mohiyati, yoshlik shijoatidan noto‘g‘ri yo‘lda foydalanib, qiziqqonlik bilan o‘ylanmay qilingan ishlarning oqibati xususida tushuntirishlar berildi. Talabalarning yonida pichoqqa o‘xshash o‘tkir tig‘li jihozlar olib yurishi taqiqlangani ma'lum qilindi,

Xususan, Olmazor tumani Qoraqamish 2/4 mavzesida joylashgan Bank kollejining ikki talabasi o‘zaro kelishmay qolgani pichoqlashishga olib kelgani haqida xabar qilingan. Endilikda, ular o‘zlariga yetkazilgan tan jarohatlaridan tashqari, ularni voyaga yetmaganlar koloniyasiga yuborish masalasi ham ko‘rib chiqilayotgani aytildi. Tuman IIB vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ishlar insonning kelajagiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shunga ko‘ra, bunday jinoyatlardan yiroq bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

Yig‘ilishda ishtirok etgan tuman prokuraturasi vakili o‘quvchi qizlar axloqiga alohida to‘xtalib, ularni sharm-hayoli bo‘lishga chaqirdi. Ta'lim muassasalarida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etish, liboslar borasida belgilangan tartibga qat'iy ravishda bo‘ysunish, xususan, o‘ta kalta kiyimlar kiymaslik, smartfonlarida turli xil bemaza, behayo mazmundagi filmlar, suratlarni olib yurishga chek qo‘yishlarini tavsiya qildi. Ular yaqin orada ona bo‘lishlari, shunga ko‘ra, o‘zlarini tarbiyalab borishlari lozimligini eslatdi.



Mavzuga oid
09:53 / 19.12.2025
Olmazor tumani ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
11:12 / 11.12.2025
Toshkentda soliq inspektorlari 10 million so‘m pora olgan paytida ushlandi
09:11 / 10.12.2025
Sebzorda avariyaviy holat sabab Nexia-3 ustunga borib urildi
11:39 / 03.12.2025