O‘zbekiston | 12:49 / 23.03.2017
9328
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolanadi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish haqida deklaratsiya imzolashadi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanovga asoslanib xabar tarqatgan.

«Bu O‘zbekiston prezidentining mazkur lavozimga saylanganidan so‘ng amalga oshirayotgan ilk davlat tashrifidir. Qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida strategik hamkorlik va qo‘shnichilikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolanadi», — degan Abdraxmanov.

«Iqtisodiy hamkorlik borasida iqtisodiy hamkorlik strategiyasi haqidagi hujjat ulkan ahamiyat kasb etadi. Mazkur hukumatlararo hujjat 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan», — deya davom etgan u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari uchun ikki tomonlama soliq solishdan voz kechish haqidagi kelishuvga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish muhim o‘rin tutadi.

Ikki mamlakat mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik haqidagi hujjatni imzolashadi hamda harbiy-texnik hamkorlik haqidagi hujjat e'lon qilinadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid