Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegara punktlari ish rejimi o‘zgaradi
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida ikki yangi o‘tkazish punkti paydo bo‘ladi, amaldagi uchtasi esa – kechayu-kunduzlik rejimga o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Kazinform».
«Biz mamlakatlarimiz o‘zaro aloqalari uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz. O‘zbekiston bilan chegarada ikki qo‘shimcha o‘tkazish punktini ochish, shuningdek amaldagi avtomobillarni o‘tkazish uchta punktini kechayu-kunduzlik ish rejimiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda», - deya xabar berdi Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vaziri Jyenis Kasimbek Ostonadagi qozoq-o‘zbek forumi davomida.
Shuningdek uning xabar qilishicha, Qozog‘iston poytaxtidan Toshkentga ikki aviareys yo‘lga qo‘yiladi.
«Yaqinda Olmaota-Toshkent, Toshkent-Olmaota tezyurar poyezdi yo‘lga chiqarildi, hozirning o‘zida unga chiptalar topib bo‘lmayapti. Ostonadan Toshkentga bir haftada qo‘shimcha ikkita reys parvoz qiladi. Ya'ni, Olmaotadan 12ta reysga ega bo‘lsak, Ostonadan 6ta bo‘ladi – deyarli har kuni», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan vazir.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026