Jamiyat | 14:44 / 23.03.2017
6465
3 daqiqa o‘qiladi

"O‘zsanoatqurilishbank": "Biznes rejam qo‘llab-quvvatlandi"

Sirdaryo viloyati, Guliston tumani «Ishonch» mahallasida yashovchi fuqaro Malika Nuritdinova «O‘zsanoatqurilishbank» taqdim etgan kredit asosida o‘z biznes loyihasini hayotga tatbiq etdi.

«O‘z uyida oilasi bilan tadbirkorlik qilayotganlar haqida televizorda ko‘rsatishganda ularga havas qilardim. To‘g‘ri-da, ishidan ajralmay, hovlisining bir tomoniga ekin-tekin qilsa, bundan ham jamiyat, ham tadbirkorning o‘zi foyda ko‘radi. Shunday oilaviy tadbirkorlar haqidagi ko‘rsatuvlarni tomosha qilganimda har doim bo‘sh turgan yerimiz xayolimga kelar, shu joyga issiqxona qurishni o‘ylardim.

Hamma ishning o‘z tartib-qoidasi bo‘lganday, tadbirkorlikning ham o‘z yo‘l-yo‘rig‘i bor. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishni bilish kerak.

Toki  «O‘zsanoatqurilishbank» xodimlari eshigimni taqillatib kelishmaguncha, rejalarim rejaligicha qolayotgan edi.

Bank vakillari bugun mamlakatimizda har bir fuqaroning yashash sharoiti, hayotiy ehtiyoj va muammolari obdon o‘rganilayotgani, kerak bo‘lsa, yordam berilayotgani, oddiy aholini tadbirkor qilish bo‘yicha maqsadli tadbirlar tashkil etilayotgani to‘g‘risida gapirib berishdi. Fikrimni so‘rashdi. Anchadan buyon issiqxona qurishni o‘ylab yurganim, lekin ishni nimadan boshlashni bilmayotganimni aytdim. Ular xo‘jaligimdagi bo‘sh yerni ko‘rgach, rejam ayni mos tushishini bildirishib, issiqxonani  «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan ajratilgan kredit asosida qurishim mumkinligini takidlashganida, qanchalar xursand bo‘lganimni tasavvur qila olmaysiz. Ehtiyojdan kelib chiqib, bank menga 15 million so‘m mablag‘ ajratdi. Hozir oilamiz bilan qo‘shimcha daromad olayapmiz. 

Mahalla-ko‘yga ham buning nafi tegayapti. Endi oilam bilan tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida bor salohiyatimizni ishga solamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagan  «O‘zsanoatqurilishbank» ko‘magidan minnatdormiz!», deya yozgan u.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid