Jahon | 08:06 / 23.03.2017
3890
3 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada Suriya bo‘yicha navbatdagi muzokaralar boshlanmoqda

Foto: Fotolia/ Santosha57

Shveytsariyaning Jyeneva shahrida Suriya bo‘yicha muzokaralarning beshinchi raundi payshanba kuni boshlanadi. U Damashq yaqinida Suriya armiyasi va jangarilarning to‘xtovsiz to‘qnashuvlarida fonida start olmoqda.

Xalqaro vositachilar fikricha, Jyenevadagi muzokaralar tomonlarni muloqotga qaytarishi kerak. 

Moskva rasmiy Damashq va muxolifat delegatsiyasini siyosiy barqarorlikka erishish uchun harakat qilishga chaqirmoqda. Jyenevadagi maslahatlashuvlardan avval esa BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura Moskvaga keldi. “Jyenevadagi muzokaralar to‘rtta taklifni muhokama qilish asosiga qurilgan bo‘lishi kerak, ular BMT XKning 2254 rezolyutsiyasini implementatsiya qilishga olib kelishi lozim. Beshinchi raund avvalgisi bilan solishtirganda ancha sermahsul bo‘lishi kutilmoqda”, - deya aytib o‘tdi BMT maxsus vakili Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv yakunida.

Takliflar Suriyadagi boshqaruv, konstitutsiya, saylovlar hamda terrorizm bilan kurash masalalariga tegishli. De Mistura Moskvadan Anqaraga jo‘nab ketdi hamda u yerda turk tomoni bilan “barcha masalalarni” muhokama qiladi. 23 mart kuni kechqurun u Jyenevaga qaytib keladi, Suriya bo‘yicha maslahatlashuvlar esa uning o‘rinbosari Ramzi Ezeldin Ramzi boshchiligida start oladi.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, de Misturaning Moskva hamda Anqaraga tashrifidan avval uni Damashqda qabul qilishdan bosh tortishdi. Maxsus vakilning murojaatiga Suriya Arab Respublikasi hukumati rad javobini bergan. 

Suriyaning mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Bashar Jaafari boshchiligidagi delegatsiyasi, Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitaning Nosir Hariri boshchiligidagi delegatsiyasi, shuningdek “Qohira guruhi” Jyenevaga yetib kelgan. Bugun, payshanba kuni muxolifat vakillari kelishi kerak.

Shuningdek Jyenevadagi muzokaralarda XXRning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Si Syaoyan ham bo‘ladi. Diplomat maslahatlashuvlar doirasida kimlar bilan uchrashishiga oydinlik kiritilmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid