Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Isroildagi yangi elchisi nomzodi tasdiqlandi
Foto: AP
AQSh senati Devid Fridmanni Isroildagi yangi elchi sifatida tasdiqladi. Bundan senatdagi ovoz berish natijalari darak bermoqda.
Fridmanning nomzodini 52 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 46 nafari qarshi chiqqan.
Fridman ivrit tilida bemalol so‘zlasha oladi. U bankrotlik ishlariga ixtisoslashgan huquqshunos sifatida tanilgan. AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasida u Isroil masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan. Uning nomzodini bir qator falastinlik va so‘l jamoatchilik tashkilotlari tanqid qilishgan.
Fridman kongressdagi tinglovlar vaqtida o‘z qarashlarini AQShning rasmiy siyosati bilan mos holga keltirish uchun Isroilning Falastin hududlarida uy-joy qurishini ilgari surish qarashidan voz kechishga va'da bergan.
Mavzuga oid
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026
Yuzlab o‘zbekistonliklar Isroilning G‘azoga qarshi urushida qatnashgan – Al Jazeera
15:42 / 13.02.2026
Isroilga qurol: Germaniya konstitutsiyaviy sudi shikoyatni qabul qilmadi
21:02 / 26.01.2026