Jahon | 20:31 / 24.03.2017
4950
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Ja'fariy: Suriyadagi teraktlar muzokaralarni barbod qilishga qaratilgan

Foto:RIA

Suriyada sodir etilayotgan teraktlar Ostona va Jyenevadagi Suriya bo‘yicha muzokaralarni  barbod qilishga qaratilgan. Bu haqda Suriya hukumatining Jyenevadagi muzokaralardagi delegatsiyasi boshlig‘i Bashar Ja'fariy aytdi.

"Barcha teraktlar bir maqsadga ega: ulardan maqsad Ostona va Jyenevadagi muzokaralarni barbod qilishdir", deb aytdi Ja'fariy.

Uning aytishicha, barcha teraktlar diplomatik va siyosiy jarayonlarga putur yetkazishga qaratilgan. "Shuning uchun barcha davlatlar Ostona va Jyenevadagi siyosiy jarayonga sodiq bo‘lishlari kerak", deb qo‘shimcha qildi Suriya vakili.

Bugun, 24 mart kuni Jyenevada Suriya bo‘yicha muzokaralarning 5-raundi boshlandi.

Suriya ixtilofini tartibga solish bo‘yicha Ostonada 15 mart kuni o‘tgan oliy darajadagi navbatdagi muzokaralar Suriya qurollangan muxolifati vakillarisiz o‘tgandi. Ostonadagi keyingi uchrashuv 3-4 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid