Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda ayollar uchun maxsus - «pushti taksi»lar ishga tushdi
Pokistonning Karachi shahrida ayollar uchun «pushti taksi»lar o‘z ishini boshladi. Bu taksilarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular faqat ayollarni olib yuradi va mashina haydovchisi ham ayol kishi. Bu tashabbus ayollarning erkak haydovchilar bilan yolg‘iz qolmasligi va ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.
Shahar ko‘chalarida yurgan ushbu taksini pushti rangidan darrov ilg‘ash mumkin. Qolaversa, uni boshqarayotgan ayol haydovchi ham pushti ro‘molda bo‘ladi.
Mazkur taksilarning salonida televizor o‘rnatilgan. Bundan tashqari, yo‘lovchi salondagi ko‘zgudan foydalangan holda o‘ziga qarab olishi, sevimli musiqasini eshitishi mumkin.



Mavzuga oid
10:51 / 21.01.2026
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona belgilar va “taksi pasporti” joriy etilishi mumkin
14:34 / 20.01.2026
Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranziti oshiriladi
13:16 / 17.01.2026
O‘zbekiston Karachi porti imkoniyatlarini o‘rganishni boshladi
20:57 / 03.01.2026